Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiola David Silva bilan xayrlashdi

Gvardiola David Silva bilan xayrlashdi

Автор: admin

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mavsum so‘ngida jamoani tark etadigan David Silva bilan xayrlashdi.

"David Silvaning "Manchester Siti"dagi faoliyati ajoyib bo‘ldi. Jamoa safida o‘tkazgan o‘yinlari soni, u ko‘rsatgan futbol sifati, jamoa bilan yutgan sovrinlar soni hayratga soladi. Bundan tashqari, David — "Siti"ning hozirgi darajaga chiqishida katta hissa qo‘shgan 5-6 futbolchidan biri. Buning uchun klub unga hamisha minnatdorchilik bildiradi", — dedi Gvardiola "shaharliklar" rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, David Silva 2010 yildan beri "Manchester Siti" safida o‘ynab kelmoqda. U jami 433ta o‘yinda maydonga tushib, 77ta gol urdi va 140ta golga uzatma berdi. Joriy mavsum so‘ngida 34 yoshli futbolchi jamoani erkin agent sifatida tark etadi.
Manba: livetv.ru
154   
Добавить комментарий
Ваше имя: *