Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » «Inter» 2021 yilda Messi bilan shartnoma imzolamoqchi

«Inter» 2021 yilda Messi bilan shartnoma imzolamoqchi

Автор: admin

«Inter» klubi «Barselona» sardori Lionel Messini qo‘lga kiritmoqchi.
Sport Mediaset xabariga ko‘ra, italiyaliklar 2021 yilda argentinalik to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rishadi.
«Inter» Messining transferi orqali foydali reklama shartnomalari va homiylarni jalb qilmoqchi. Shu tufayli argentinalikka yiliga 50 mln yevro to‘lashga tayyor.
Bundan tashqari, Leoning otasi Xorxe yaqinda Milandan uy sotib oldi. Ammo bu voqea futbolchining transferi bilan emas, balki soliq qonunchiligining qulayligi bilan bog‘liq. 
Shuningdek, «Inter» Messining «Barselona»dagi vaziyatdan norozi ekanidan foydalanib qolmoqchi. U klubga sodiq bo‘lsa-da, turli muammolardan charchagan.
Messining amaldagi shartnomasi muddati 2021 yil yozida nihoyasiga yetadi. Hozircha tomonlar uni uzaytirish haqida kelishuvga erishmadi.
La Liganing bu mavsumida futbolchi barcha musobaqalarda 33ta o‘yinda maydonga tushib, 25ta gol urgan va 23ta golga hammualliflik qilgan.
277   
Добавить комментарий
Ваше имя: *