Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Mourinyu: «Oxirgi besh o‘yinning chempioni men bo‘ldim»

Mourinyu: «Oxirgi besh o‘yinning chempioni men bo‘ldim»

Автор: admin

«Tottenhem» bosh murabbiyi Joze Mourinyu London klubining so‘nggi o‘yinlardagi natijalari haqida gapirdi.
«Individual yutuqlar haqida gapiradigan bo‘lsak, Premer-ligada to‘rtinchiman. «Tottenhem»ga kelganimda jamoa 14-o‘rinda bo‘lib, «Arsenal» bilan farq 3 ochkoni tashkil qilardi, Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan esa 11 ochko uzoqda edik. Ammo jadvalda mening natijam emas, jamoamning umumiy natijasi muhimroq. Agar 4-o‘rinni egallash ham yomon natija desanglar – bu sizning fikringiz. Agar biroz tabassum qilishni istasangiz, men oxirgi beshta o‘yinning chempioni bo‘ldim. Biz eng ko‘p – 13 ochko jamg‘ardik. Shunday ekan, menga medal berishlaring mumkin.
Hech kimga hech narsani isbotlashni istamayman. Shunchaki navbatdagi har bir uchrashuvni eng muhimi deb bilaman», - deya Mourinoning so‘zlarini keltirmoqda Evening Standard.
Ma’lumot uchun, «Tottenhem» APL 37-turidan keyin 58 ochko bilan 7-o‘rindan joy olgan. Klub so‘nggi turni safarda «Kristal Pelas»ga qarshi o‘tkazadi.
174   
Добавить комментарий
Ваше имя: *