Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Dembele "Barselona" bazasida bir o‘zi shug‘ullanmoqda

Dembele "Barselona" bazasida bir o‘zi shug‘ullanmoqda

Автор: admin

Qolganlar ta’tilda.
“Barselona” vingeri Usmon Dembele jarohatidan keyin sport formasini tiklashni davom ettirmoqda.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar”ning barcha futbolchilari ta’tilga chiqib ketishgan, faqatgina Dembele klub qarorgohida har kuni shug‘ullanmoqda.
Frantsiyalik futbolchi 12 avgustgacha safga qaytishi kutilmoqda. Ammo, u 8 avgust kuni “Napoli”ga qarshi bo‘ladigan EChL 1/8 final javob bahsida maydonga tusholmaydi. Agar “Barsa” ushbu to‘siqdan o‘ta olsa, u holda 14 avgust kuni “Chelsi” va “Bavariya” juftligiga qarshi yarim finalda ishtirok etadi.
Eslatib o‘tamiz, Dembele 3 fevral kuni jarohat olgan edi. U so‘nggi bor 2019 yilning noyabrida maydonga tushgan.
160   
Добавить комментарий
Ваше имя: *