Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » «Zenit» - Rossiya kubogi sohibi!

«Zenit» - Rossiya kubogi sohibi!

Автор: admin

Rossiya kubogi finali doirasida «Zenit» hamda «Ximki» o‘rtasidagi kechgan uchrashuvda Sankt-Peterburg klubi kichik hisobda g‘alaba qozonib, ushbu mavsumda oltin dubl qayd etdi.
Uchrashuvning kulminatsion nuqtasi 84-daqiqada kuzatildi. «Ximki» himoyachisi Gapon o‘z jarima maydoni ichida Malkomga nisbatan qo‘pollik ishlatdi. Belgilangan 11 metrlik zarbani Dzyuba aniq amalga oshirib, qiyin kechgan o‘yinda piterliklarga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi – 1:0.
Bungacha Rossiya chempionligini ham qo‘lga kiritgan «Zenit» Rossiya kubogida ham zafar quchib oltin dubl qayd etdi. Ushbu kubok klub tarixidagi 4-siga aylandi. Sovrin klub bosh murabbiyi Sergey Semakning murabbiylik faoliyatidagi 3-si bo‘ladi.
Rossiya kubogi. Final
Zenit – Ximki 1:0

Gol: 1:0 – 84, penalti Dzyuba.
Zenit – Kerjakov, Karavayev, Rakitskiy, Ivanovich, Duglas Santos (Driussi, 76), Barrios, Ozdoyev (Jirkov, 76), Kuzyayev, Malkom (Shatov, 89), Dzyuba, Azmun (Sutormin, 89).
Ximki – Lantratov, Tixiy, Gapon, Danilkin, Smirnov (Kuxarchuk, 65), Bojenov, Troshechkin, Koryan (Aliyev, 81), Martusevich, Polyarus (Konate, 88), Dyadyun (Barkov, 64).
225   
Добавить комментарий
Ваше имя: *