Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Messi «Inter»ga o‘tadimi? «Neradzurri» bosh direktori javob berdi

Messi «Inter»ga o‘tadimi? «Neradzurri» bosh direktori javob berdi

Автор: admin

«Inter» bosh direktori Juzeppe Marotta «Barselona» hujumchisi Lionel Messi kelasi yilning yozida "neradzurri" safiga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarga izoh berdi.

«Bu nima, fentezi-futbolmi? Albatta, Messi bizning maqsadimiz emas, o‘ylashimcha, Leoning o‘zi faoliyatini faqat «Barselona»da davom ettirish tarafdori», — dedi Marotta "Sky Sport Italia" nashriga bergan intervyusida.

Argentinalik futbolchi 2019/20 mavsumda La liga doirasida 33ta o‘yinda maydonga tushib, 25ta gol urdi va 21ta golga uzatma berdi. Messining «Barsa» bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga yetadi.
Manba: sport24.ru
189   
Добавить комментарий
Ваше имя: *