Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Lempard "Siti" himoyachisini Londonga taklif qilmoqchi

Lempard "Siti" himoyachisini Londonga taklif qilmoqchi

Автор: admin

U "Chelsi" uslubiga mos tushadi.
"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz mavsumlar oralig‘ida klub ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin.
Yozgi transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirayotgan "Chelsi" bor e’tiborini 26 yoshli angliyalik futbolchiga qaratmoqchi.
Stounz nomzodiga "ko‘klar" bosh murabbiyi Frenk Lempardning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda. Ta’kidlanishicha, futbolchi londonliklar o‘yin uslubiga to‘laqonli mos tushadi.
Oldinroq, "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Stounzning kelajagi bo‘yicha mavsum so‘nggida qaror qilinishi haqida aytib o‘tgan edi.
155   
Добавить комментарий
Ваше имя: *