Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Gattuzo «Barsa»ga qarshi o‘yin oldidan: «Napoli» hech qachon YECHLda chorak finalga chiqmagan»

Gattuzo «Barsa»ga qarshi o‘yin oldidan: «Napoli» hech qachon YECHLda chorak finalga chiqmagan»

Автор: admin

«Napoli» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Yevropa chempionlar ligasi nimchorak final bosqichi doirasida «Barselona»ga qarshi bo‘ladigan javob o‘yini oldidan o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, Neapolda o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan.

«Ikki haftadan keyin biz tarixga kirishimiz mumkin. Axir «Napoli» hech qachon Chempionlar ligasining chorak finalida o‘ynamagan. Iyul oyida bizga konsentrasiyani saqlab qolish oson emas – plyajlar, katerlar, hozir haddan tashqari issiq. Bunday paytda uyda qolish qiyin. Shuning uchun bo‘lsa kerak, so‘nggi hafta biroz chalg‘idik.

«Barselona»ga qarshi o‘yinda esa zarracha xatoga yo‘l qo‘yish kerak emas. Ular gol urish uchun yarimta vaziyat kifoya qiladi. 95 daqiqa davomida e’tiborni yo‘qotmasligimiz kerak.

Kimdir bizni keyingi bosqichga osonlik bilan o‘tadi deb o‘ylashi mumkin, ammo unday emas. Biz maydonda shunday jamoa bo‘lishimiz kerakki, butun o‘yin davomida barcha hududlarni yopgan holda konsentrasiyani saqlab turishimiz lozim», – dedi Gattuzo.
Manba: sports.ru
138   
Добавить комментарий
Ваше имя: *