Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Zlatan Ibragimovich “Milan”da qoladigan bo‘ldi. U hozir 38 yoshda

Zlatan Ibragimovich “Milan”da qoladigan bo‘ldi. U hozir 38 yoshda

Автор: admin

“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich klub bilan shartnomasini uzaytiradi. Bu haqda jurnalist Nikola Skira ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 38 yoshli shvetsiyalik futbolchi “Milan”da yana bir yil qolishga qaror qilgan. Bu klub bosh murabbiyi Stefano Piolining “rossoneri” bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘lganligi bilan bog‘lanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Zlatan 2020-yilning yanvar oyida Milan klubi bilan yarim yillik shartnoma imzolagandi, uning shartnomasiga hamkorlikni yana 1 yilga uzaytirish to‘g‘risida band ham kiritilgandi.
Ibragimovich A Seriyada u 16 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Milan” esa 36-turdan keyin 60 ochko bilan musobaqa jadvalining 6-pog‘onasida bormoqda.
174   
Добавить комментарий
Ваше имя: *