Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fabio Kapello futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchini aytdi

Fabio Kapello futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchini aytdi

Автор: admin

"Real" klubining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi kim ekanini aytdi.
"Messi hamon o‘sha Messi. U — daho. Men uni futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb hisoblayman. "Barselona" — bu Messi. U faoliyatini yakunlaganidan keyin qanday vaziyat yuzaga kelishini ko‘ramiz. U 17 yosh paytida men uni "Yuventus" safiga olib kelishni istagandim", - dedi Kapello "Marca" nashriga bergan intervyusida.
32 yoshli Messi joriy mavsumda "Barsa" safida barcha musobaqalar doirasida 42ta o‘yinda maydonga tushib, 30ta gol urdi va 26ta golga uzatma berdi. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Manba: soccernews.ru
159   
Добавить комментарий
Ваше имя: *