Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Bartome Setenning kelajagi, Xavining jamoa boshqaruviga kelishi va Messi bilan munosabatlari haqida fikrlarini bildirdi

Bartome Setenning kelajagi, Xavining jamoa boshqaruviga kelishi va Messi bilan munosabatlari haqida fikrlarini bildirdi

Автор: admin

U Setenga ishonadi.
"Barselona" prezidenti Jozep Bartomeu jamoa bosh murabbiyi Kike Setenga ishoninishi, hujumchi Lionel Messi bilan munosabatlari va Xavining jamoa boshqaruviga kelishi haqida berilgan savollarga javob berdi.
– Xavi yangi mavsumda jamoa boshqaruviga keladimi?
– Xavi bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. U bilan ko‘p mavzularda suxbatlashib turamiz. Ammo Seten bilan shartnomamiz bor, unga va uning jamoasiga ishonaman. U "Barselona"ning o‘yin modeli va uslubini juda yaxshi biladi.
Seten psixologik tomondan katta tajribaga ega mutaxassis, o‘zini tanqid qila olishi esa fikrlarimni tasdiqlaydi. U chempionlar ligasida g‘olib bo‘la olishi mumkin, shundan so‘ng u yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuboradi.
– Seten va Messi bir soatdan ko‘proq suxbatlashdi. Ularnig o‘rtasidagi muammolar shunchalik ko‘pmi?
– Buni ularning o‘zidan so‘rang. Ular uchrashgani rost, biroq uchrashuv yakuni haqida na Seten, na Messi meni xabardor qilishdi.
– Lekin shuncha uzoq gaplashgani yaxshimi yoki yomon?
– Bu ajoyib. Murabbiylar futbolchilari bilan muloqot qilishi, fikr almashishi, mulohaza yuritishi kerak. Bu jamoa birlashuvi uchun kerak. Yana Messi jamoa sardori va u butun jamoa fikrlarini ifodalaydi, - deydi "Barselona" prezidenti.
163   
Добавить комментарий
Ваше имя: *