Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. «MYU» «Lester»ni mag‘lub etib, 3-o‘rin bilan Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi

APL. «MYU» «Lester»ni mag‘lub etib, 3-o‘rin bilan Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi

Автор: admin

Angliya Premer-ligasi so‘nggi turida safarda «Lester» mehmoni bo‘lgan «Manchester Yunayted» mavsumning eng muhim bahsida chempionatni g‘alaba bilan yakunladi.
Ushbu bahsda qaysi jamoa g‘alaba qozonsa, Chempionlar ligasiga yo‘llanma olardi. «MYU»ni durang natija ham qoniqtirardi.
Uchrashuvning 71-daqiqasida Evansning Marsiyalga nisbatan ishlatgan qo‘polligidan keyin uchrashuv bosh hakami penalti belgiladi. To‘pga yaqinlashgan Fernandesh Kasper Shmeyxelga imkoniyat qoldirmadi – 0:1.
O‘yin yakuni ancha asabiy ruhda o‘tib, 90+4-daqiqada Evans o‘ta qo‘pol harakati uchun maydondan chetlatildi. 
90+8-daqiqada esa Shmeyxel qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, to‘pni Lingardga oldirdi. Jessi esa bo‘sh darvozani aniq nishonga oldi – 0:2.
Ushbu g‘alaba bilan «Manchester Yunayted» APLda ochkolari sonini 66taga yetkazib, gollar nisbatiga ko‘ra «Chelsi»ni ortda qoldirib, mavsumni 3-o‘rinda yakunladi va  Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi.
APL. 38-tur. 
Lester – Manchester Yunayted 0:2
Gol: 
0:1 – 71, penalti Brunu Fernandesh, 0:2 – 90+8 Lingard 
Lester – Shmeyxel, Evans, Djastin, Morgan, Tomas, Tilemans (Barns, 73), Chouduri (Prat, 73), Olbrayton (Grey, 73), Ndidi, Vardi, Ixeanacho (Peres, 58).
Manchester Yunayted – De Xea, Lindelef, Maguayr, Uilyams, Uan-Bissaka, Brunu Fernandesh (Maktomini, 86), Matich, Pogba, Marsyal, Grinvud (Lingard, 77), Reshford.
136   
Добавить комментарий
Ваше имя: *