Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL. Maunt va Jiruning gollari. «Chelsi»ni YeCHLga, «Tottenhem»ni esa Yevropa Ligasiga olib chiqdi

APL. Maunt va Jiruning gollari. «Chelsi»ni YeCHLga, «Tottenhem»ni esa Yevropa Ligasiga olib chiqdi

Автор: admin

Angliya chempionatining so‘nggi turida «Chelsi» o‘z uyida Maunt va Jiruning gollari evaziga «Vulverhempton»ni mag‘lub etdi va 66 ochko bilan Premer-ligani 4-o‘rinda yakunladi. Shu tariqa «aristokratlar» kelasi mavsumni ham Chempionlar Ligasida o‘tkazishadi.
«Tottenhem» London derbisida «Kristal Pelas» mehmoni bo‘lib, durang qayd etdi. Keynning goliga mezbonlardan Shlupp javob berdi.
Yakunda «Vulverhempton» bilan bir xil, 59 ochko to‘plagan «shporlar» to‘plar nisbatiga ko‘ra «bo‘rilar»ni ortda qoldirishdi va 6-o‘rin bilan Yevropa Ligasiga yo‘llanma olishdi. 
APL, 38-tur, 26 iyul
Chelsi – Vulverhempton 2:0
Gollar: 
Maunt (45+1), Jiru (45+4).
Chelsi: Kabalero, Jeyms, Zuma, Ryudiger, Alonso, Maunt (Pedro, 85), Jorjino (Barkli, 88), Pulishich (Hadson-Odoi, 78), Kovachich (Loftus-Chik, 85), Aspilikueta, Jiru (Abraham, 78). 
Vulverhempton: Ruy Patrisiu, Kastro (Ruben Vinagre, 58), Koudi, Boli, Doerti (Podense, 59), Dendonker, Saiss, Ruben Nevesh (Moutinyu, 59), Netu (Traore, 46), Ximenes, Diogu Jota (Jordan, 84).
Ogohlantirishlar: Diogu Jota (22), Jiru (45), Netu (45), Dendoker (83), Aspiltkueta (90+2).
Kristal Pelas – Tottenhem 1:1
Gollar:
Shlupp (53) – Keyn (13). 
Kristal Pelas: Guaita, Uord, Mitchell, Denn, Shlupp (Milivoyevich, 85), Makkarti, Kuyate, Taunsend, Makartur (Ridevald, 70), Zaa, Ayyu. 
Tottenhem: Loris, Devis, Ore, Alderveyreld, Dayer, Uinks, Lukas Moura (Sanches, 90+3), Sissoko (Skipp, 80), Lo Chelso (Bergveyn, 60), Son Hyon Min (Alli, 80), Keyn.
Ogohlantirishlar: Makkarti (17), Mitchell (49), Alderveyreld (61), Kuyate (75), Dayer (90+1).
194   
Добавить комментарий
Ваше имя: *