Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Vardi APLda «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi

Vardi APLda «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritdi

Автор: admin

«Lester» hujumchisi Jeymi Vardi APL yakunlangan mavsumining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. «Tulkilar» yetakchisi mavsum davomida 23ta gol urdi. 33 yoshli hujumchi o‘z faoliyatida ilk marta APL to‘purari bo‘ldi.
To‘purarlik poygasida «Arsenal» hujumyaisi Per-Emerik Obameyang va «Sauthempton» forvardi Denni Ings ikkinchi bo‘lishdi. Obameyang oxirgi turda «Uotford» darvozasiga ikkita gol urdi. Ings ham 38-turda «Sheffild» darvozasiga bitta gol urdi. Ings va Obameyang hisobida 22tadan gol bo‘ldi.
To‘purarlar poygasida keyingi o‘rinlarni Rahim Sterling (20ta) va Muhammad Saloh (19ta) qo‘lga kiritdi.
172   
Добавить комментарий
Ваше имя: *