Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Roma» va «Latsio»da g‘alaba, Immobile xet-trikka erishib Ronaldudan 4ta golga o‘tib ketdi

A Seriya. «Roma» va «Latsio»da g‘alaba, Immobile xet-trikka erishib Ronaldudan 4ta golga o‘tib ketdi

Автор: admin

Italiya chempionatining 36-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi. 
«Roma» o‘z maydonida «Fiorentina»ni qabul qilib, qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi va 5-o‘rinni mustahkamlab oldi. Veretuning dubliga mehmonlardan Milenkovich javob berdi.
13 yildan so‘ng Chempionlar Ligasiga qaytishni uddalagan «Latsio» safarda «Verona»ni yirik hisobda taslim etdi. Rimliklar safida Chiro Immobile xet-trik qayd etib, gollari sonini 34taga yetkazib oldi. Endilikda Chiro eng yaqin ta’qibchisi Krishtianu Ronalduni 4ta to‘pga ortda qoldirmoqda.
A Seriya, 36-tur, 26 iyul
Roma – Fiorentina 2:1
Gollar: Veretu (45 penalti, 87 penalti) – Milenkovich (54).
Roma: Lopes, Spinatssola, Kolarov, Manchini, Bruno Peres, Pellegrini (Dzanolo, 60), Diavara (Kristante, 77), Mxitaryan (Karles Peres, 82), Veretu, Smolling, Jeko. 
Fiorentina: Terrachchano, Milenkovich, Petsselya, Kaseres, Lirola, Dankan, Pulgar, Riberi (Kutrone, 46), G‘azzol, Keza (Venuti, 82), Kuame (Vlahovich, 46).
Ogohlantirishlar: Petsselya (35), Kaseres (72), G‘azzol (85), Milenkovich (90+6), Manchini (90+6).
Verona – Latsio 1:5
Gollar: Amrabat (39, penalti) – Immobile (45+6 penalti, 83, 90+4 penalti), Milinkovich-Savich (56), Korrea (62).
Verona: Radunovich, Gyunter, Rraxmani, Faraoni (Dimarko, 79), Dzakkani (Salsedo, 68), Velozu (Lukas Felippe, 87), Lazovich, Amrabat, Borini (Di Karmine, 67), Esserik (Stempinski, 87), Pessina. 
Latsio: Strakosha, Acherbi, Luis Felipe, Gabarron (Vavro, 65), Marushich (Armini, 88), Milinkovich-Savich (Anderson, 88), Anderson (Lukaku, 65), Luis Alberto, Parolo, Korrea (Kaysedo, 69), Immobile.
Ogohlantirishlar: Rraxmani (45+2), Marushich (67), Strakosha (86), Radunovich (90+3).
Kalyari – Udineze 0:1
Gol: Okaka-Chuka (2).
Bolonya – Lechche 3:2
Gollar: Palasio (2), Soriano (5), Barrou (90+3) – Mankozu (45+2), Falko (66).
SPAL – Torino 1:1
Gollar: D'Alessandro (80) – Verdi (57).
189   
Добавить комментарий
Ваше имя: *