Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Intervyu: Bartomeu Seten va Messining kelajagi, «Real»ga VAR yordam bergani, Neymar va Lautaro haqida

Intervyu: Bartomeu Seten va Messining kelajagi, «Real»ga VAR yordam bergani, Neymar va Lautaro haqida

Автор: admin

«Barselona» prezidenti Xose Mariya Bartomeu Kataloniyaning El Mundo Deportivo nashriga intervyu berdi. Saylovlarga bir yil qolgan vaqtda e’tiborini yo‘qotib borayotgan Bartomeu «Barselona»ning yaqin kelajakdagi rejalari haqida o‘rtoqlashdi va tabiiyki, «Real» tomonga ham tosh otishdagn o‘zini tiya olmadi. E’tiboringizga ushbu intervyudan e’tiborli jihatlar havola qilinadi.
«Barselona» – Chempionlar Ligasi favoriti»
Klub Chempionlar Ligasida g‘oliblik uchun asosiy da’vogarmi? Ha, albatta. Har doimgidek. Vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgartirish, mavsumda burilish yasash, klubda doim eng yuqori o‘rinlar uchun kurashish salohiyati borligini isbotlashning ayni vaqti.
«Setenning loyihasiga ishonch bor»

Kikening «Kamp Nou» uchun mos nomzod ekaniga biror marta ham shubha qilmadim. Ha, biz «Real» bilan raqobatda chempionatni boy berdik, lekin shuni ham e’tirof qilish kerakki, mavsum yangilangandan keyin VAR ko‘ngildagidek ishlamadi va raqibimizga yordam berib yubordi.
Xavi qachon qaytadi?
Mening Xavi bilan munosabatim juda yaxshi, ammo Seten bilan tuzilgan shartnoma borligini ham unutmaylik. Kikening uslubi «Barselona» modeliga juda mos keladi, shuning uchun ham Chempionlar Ligasida g‘olib chiqishimizga ishonchim yetarli.
«Messi Barselonada qoladi»
Messi doim uning orzusi sifatida, faoliyatini «Kamp Nou»da tugatish ekanini aytib keladi. U yaqinda yangi shartnomaga o‘z imzosini qo‘yishiga ishonchim komil. Buning uchun biroz vaqt kutishimizga to‘g‘ri keladi, xolos.
«Ter Shtegenni olib qolmoqchimiz»
Hozirgi kunda asosiy vazifamiz Ter Shtegenni Kataloniyada uzoq yillar to‘p surishini ta’minlashdan iborat. U nafaqat dunyoning eng yaxshi uch darvozabonlaridan biri, shu bilan birga jamoa ichkarisida ham katta xurmatga sazovor inson.

Neymar haqida
Biz hozircha tarkibni qay tomonlama kuchaytirish bo‘yicha aniq yechimga kelmadik. Ammo har qanday holatda, agar Neymar qaytadigan bo‘lsa, biror futbolchiga almashuv va qo‘shimcha to‘lovlar bilan bu transfer amalga oshirilishi mumkin. To‘liq transfer qiymati uchun hozir moliyaviy imkoniyatlar cheklangan.
Lautaro bo‘yicha ish to‘xtagan
Biz «Inter» bilan Lautaro Martinesning transferi borasida muzokara olib bordik, ammo yakuniy to‘xtamga kela olmadik. Shuning uchun muzokaralarni ma’lum vaqt to‘xtatib turishga qaror qildik. Vaziyat qay tariqa rivoj olishini kuzatib turamiz.
Yangi futbolchilar haqida
Aslini olganda, transfer bozorida faol ishtirok etish majburiyat ham yo‘q – klub allaqachon yetti yangi futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Bular – Pedri, Trinkau, Mateus, Pyanich, hamda akademiya a’zolari – Arauxo, Puch va Fati. 
144   
Добавить комментарий
Ваше имя: *