Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Yan Vertongen «Tottenhem»dan ketganini e’lon qildi

Yan Vertongen «Tottenhem»dan ketganini e’lon qildi

Автор: admin

Belgiyalik himoyachi Yan Vertongen Londonning «Tottenhem» klubini tark etganligini e’lon qildi. Bu haqda futbolchi tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan.
Yanning klub bilan shartnomasi yakuniga yetgan va u erkin agentga aylandi. Endi futbolchi yangi klubiga tekinga o‘tishi mumkin bo‘ladi.
«Tottenhem»dagi faoliyatim nihoyasiga yetdi. Bir qator sabablar tufayli bu men uchun qayg‘uli kun. Jamoadagi barcha do‘stlarim, klub xodimlari, yangi stadiondagi o‘yinlarim va albatta «Tottenhem» muxlislarini sog‘inaman», - deya yozgan Vertongen tvitterdagi sahifasida.
Yan 2012 yilda «Ayaks»dan «Tottenhem» safiga kelib qo‘shilgan edi. O‘shanda transfer summasi 12,5 million yevroni tashkil etgan. 33 yoshli futbolchi o‘tgan vaqt davomida London klubi safida 315ta o‘yinda maydonga tushib, 27ta gol va 12ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
190   
Добавить комментарий
Ваше имя: *