Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » "Arsenal"ning transfer oynasidagi asosiy maqsadlari ma’lum qilindi

"Arsenal"ning transfer oynasidagi asosiy maqsadlari ma’lum qilindi

Автор: admin

Londonning «Chelsi» klubi futbolchisi Villian va Madridning «Atletiko» klubi yarim himoyachisi Tomas Partilarga «Arsenal» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda deya xabar bermoqda Goal.
Braziliyalik Villian «Chelsi» klubini tark etishi deyarli aniq bo‘ldi. Lekin, u London shahrini tark etish niyatida emas. Shu sababli, erkin agentga aylangan braziliyalik futbolchini "Arsenal" tekinga qo‘lga kiritmoqchi.
Partini esa «Arsenal» qo‘lga kiritishi biroz mushkul bo‘ladi. Sababi, «Atletiko» o‘z futbolchisini sotish niyatida emas, qolaversa, uning yana uch yillik shartnomasi mavjud.
Lekin, shunga qaramasdan, "Arsenal" rahbariyati bu ikki futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun bor imkoniyatini ishga solish niyatida.
135   
Добавить комментарий
Ваше имя: *