Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Gvardiolaga zo‘r himoyachi kerak

Gvardiolaga zo‘r himoyachi kerak

Автор: admin

Boshqa futbolchilar ham ko‘p
“Manchester Siti” Kalidu Kulibali transferi bo‘yicha “Napoli”ga yuborgan taklifiga javob bo‘lmaganidan keyin, klub rahbariyati e’tiborini boshqa himoyachiga qaratdi.
Gvardiola markaziy himoyachiga ehtiyoj sezmoqda va bu pozitsiyaga Kulibalini olmoqchi edi. Lekin italiyaliklardan javob bo‘lmagach, bosh murabbiy “Leyptsig” himoyachisi Dayot Upamekanoni taklif qiladigan bo‘ldi.
Bu futbolchining nemis klubi bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qoldi. Garchi uning badal puli 60 million evroga baholangan bo‘lsa-da, “Leyptsig” bitim oxirlab qolganini inobatga olib, 21 yoshli himoyachini 46 million evroga qo‘yib yuborishga rozi bo‘lgan.
141   
Добавить комментарий
Ваше имя: *