Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Barselona» Koutinoga xaridor topolmayapti

«Barselona» Koutinoga xaridor topolmayapti

Автор: admin

«Bavariya»dagi ijaradan qaytishi kutilayotgan «Barselona» yarimhimoyachisi Filippe Koutinoning keyingi taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. 
Marca’ning xabar berishicha, «Barselona» 28 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha boshqa klublardan birorta ham taklif olgani yo‘q. Shunga qaramay, Kataloniya klubi Koutinoni 80 million yevroga baholamoqda.
Qayd etilishicha, klub rahbariyati futbolchi bo‘yicha aksariyat klublar bilan gaplashgan, biroq hech bir klubdan rasmiy taklif olmagan.
«Barselona» Koutinoning «Bavariya» safida Chempionlar ligasi pley-off bosqichlarida yaxshi o‘yin namoyish etib, boshqa klublarning ishonchini qozonishiga umid qilmoqda. Ushbu transfer orqali klub moliyaviy holatini biroz yaxshilab olmoqchi.
Oldinroq, «Barselona» Koutinoni «Arsenal» jamoasiga taklif qilgani, London klubi esa futbolchining transferi va yuqori maoshi tufayli braziliyalikning transferiga qiziqmayotganligi haqida xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Koutino 2018 yilda «Barselona»ga «Liverpul»dan 120+40 mln yevro transfer puli evaziga kelib qo‘shilgan edi.
146   
Добавить комментарий
Ваше имя: *