Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Branislav Ivanovich APLga qaytishga yaqin

Branislav Ivanovich APLga qaytishga yaqin

Автор: admin

«Zenit» klubining serbiyalik himoyachisi Branislav Ivanovich tez orada Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin, deya xabar bermoqda Novosti.rs.
Manbaning yozishicha, Ivanovich «Everton» klubi bilan kelishuvga erishishga juda yaqin. Tomonlar o‘tkazayotgan muzokara yakuniy pallada.
«Zenit» bilan amaldagi shartnomasi 31 iyul kuni yakuniga yetadigan serbiyalik futbolchiga Belgradning «Srvena Zvezda» klubi ham qiziqish bildirgan, biroq futbolchi APLga qaytishga qaror qilgan. Ivanovich yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun, 2008 yildan 2017 yilga qadar «Chelsi» safida to‘p surgan Branislav 2017 yilda erkin agent sifatida «Zenit» safiga qo‘shilgandi. 36 yoshli himoyachi piterliklar safida 125 o‘yinda maydonga tushib, 12ta gol va 4ta assistga mualliflik qildi.
139   
Добавить комментарий
Ваше имя: *