Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Borussiya» «MYU»ning 98 millionlik transfer taklifini rad etdi

«Borussiya» «MYU»ning 98 millionlik transfer taklifini rad etdi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» klubi «Borussiya» hujumkor yarimhimoyachisi Jeydon Sancho transferi masalasida Dortmund klubi bilan kelisha olmayapti, deya yozmoqda Bild nashri.
 
Manbaning yozishicha, inglizlar Dortmund klubining angliyalik futbolchisi transferi uchun 98 million yevro taklif qilgan, biroq «Borussiya» so‘rovni rad etgan. Nemis klubi Sanchoni 120 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. «MYU» muzokarani esa davom ettirmoqchi.
Jeydon 2017 yilda «Manchester Siti»dan «Borussiya» safiga 7,8 mln yevro evaziga qo‘shilgandi. 
Ma’lumot uchun, 20 yoshli hujumkor futbolchi Bundesliga joriy mavsumida 32 o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol va 16ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
181   
Добавить комментарий
Ваше имя: *