Goal24.uz » Foto lavhalar » Serxio Ramos to‘rtinchi bor ota bo‘ldi (foto)

Serxio Ramos to‘rtinchi bor ota bo‘ldi (foto)

Автор: admin

“Real” himoyachisi Serxio Ramosning oilasida to‘rtinchi farzand dunyoga keldi.

“Sizga Maksimo Adrianoni tanishtirish imkoniyatiga ega bo‘lganimdan behad xursandman. U 25-iyul kuni soat 18:56 da tug‘ildi, og‘irligi 3,270 kilogramm. Ona va bola o‘zini yaxshi his qilmoqda. Pilar (Ramosning rafiqasi), sen bilan faxrlanaman, sen mening hayotimsan. Men seni yaxshi ko‘raman!” — deb yozadi Ramos Instagram’dagi sahifasida.
Ma’lumot uchun, 34 yoshli Ramos 42 yoshli teleboshlovchi Pilar Rubio bilan turmush qurgan. Ularning yana uchta o‘g‘il farzandi bor — kichik Serxio (2014-yilda tug‘ilgan), Marko (2015) va Alexandro (2018).
Ramos 2005-yildan beri “Real” safida to‘p surib keladi. Ispaniya chempionatining 2019/20 yilgi mavsumida himoyachi 35 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol gol urdi va 1 ta golga hammualliflik qildi.Uning klub bilan shartnomasi 2021-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
520   
Добавить комментарий
Ваше имя: *