Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL tarixidagi eng kuchli futbolchi kim? (top 10)

APL tarixidagi eng kuchli futbolchi kim? (top 10)

Автор: admin

APL dunyoning eng mashhur birinchiligi bo‘lgani bois, bu musobaqada ko‘plab superyulduzlar to‘p tepgan va tepib kelmoqda. “Tumanli albion”dagi eng kuchli futbolchini aniqlash juda mushkul, biroq taniqli “FourFourTwo"” nashri bu ishga urunib ko‘rdi.
10-o‘rin. Patrik Viyera
Asosan “Arsenal” jamoasidagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Patrik kuchli o‘nlikni ochib beradi.
Aynan u “engilmas” “Arsenal”ning asosiy figuralaridan biri bo‘lgan va  APL oltin medallariga ega chiqqan. 2001-yilda mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan yarim himoyachi JCH va Yevropa chempionatlarida ham zafar quchishga muvaffaq bo‘lgan.

9-o‘rin. Roy Kin
Irlandiyalik tayanch yarim himoyachisi o‘z pozisiyasida APL tarixidagi eng kuchlisi desak, adashmagan bo‘lamiz.
Bu qiziqqon yigit 1993-2005-yillar oralig‘ida “Manchester Yunayted”ning chinakam yuragiga aylana oldi.

8-o‘rin. Stiven Jerrard

“Liverpul”ning barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchisi APL oltin medallisiz qolib ketgani juda alamli.
Butun faoliyatini “mersisaydliklar”ga bag‘ishlagan Jerrard ushbu ro‘yxatimizdagi eng kuchli futbolchilardan biri sanaladi. Shunchaki unda bu musobaqaning oltin medallari yo‘q...

7-o‘rin. Pol Skoulz

Roy Kin bilan birgalikda “qizil iblislar”ni sayyoramizning eng kuchli klubiga aylantirgan Skoulzni  ro‘yxatga kiritmaslikning iloji yo‘q.
E’tiborlisi shundaki, Polning o‘yinlari biror marotaba ham ingliz nashrlari tomonidan tanqid qilinmagan.
Bundan tashqari, 2011-yilda UYEFA uni YECHLda to‘p tepgan eng kuchli futbolchilar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ydi.

6-o‘rin. Frenk Lempard

Afsonaviy futbolchi o‘z faoliyatini “Vest Hem”da boshlagan, biroq “Chelsi” uni top darajaga olib chiqqan.
“Aristokratlar” tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaluvchi Lempard 2004/05-yilgi mavsumda APLning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan.

5-o‘rin. Erik Kantona
“Lids” sharafini bir yil himoya qilgan Kantonani “Manchester Yunated” sotib oladi va bu transfer o‘zini to‘liq oqlaydi.
Aynan Erikning super o‘yini sababli “qizil iblislar” Angliyada mutloq hokimlik o‘rnatishga muvaffaq bo‘ladi.
5 yil davomida “Manchester Yunayted” bilan hamkorlik qilgan hujumchi 64 ta gol va bir nechta janjallari bilan hali-hamon muxlislar yodida.

4-o‘rin. UYEyn Runi

“Everton” klubi tarbiyalanuvchisi sanalsada, “Manchester Yunayted”da porlagan yulduzni yangi avlod muxlislari yaxshi biladi.
2009/10-yilda APLning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan Runi “qizil iblislar” tarixidagi eng  yaxshi to‘purar ham sanaladi.

3-o‘rin. Alan Shirer

Kuchli uchlikni faoliyati davomida biror marotaba grand klublarda to‘p tepmagan Alan Shirerdan boshlaymiz.
3 bor mavsumning eng yaxshi to‘purari deb e’tirof etilgan Alan grand klublarda to‘p tepmay turib ham chempionlikni nishonlashga muvaffaq bo‘lgan.

2-o‘rin. Krishtianu Ronaldu
Portugaliyalik futbolchi 5 yil davomida Ser Aleks Fergyusoning asosiy qurli sifatida harakat qildi. Yildan-yilga o‘sib borgan futbolchi ko‘plab shaxsiy va jamoaviy sovrinlarga ega chiqdi.
Afsuski, Ronaldu o‘zining eng pik formasida “La Liga”ga yo‘l oldi. Aks xolda,aynan u bugungi ro‘yxatimizda birinchi o‘rinda bo‘lishi mumkin edi.

1-o‘rin. Tyeri Anri

Ingliz jurnalistlarining fikricha, APL tarixidagi eng yaxshi futbolchi “Arsenal” timsoli Tyeri Anri!
APL doirasidagi uchrashuvlarda 228 ta gol kiritgan Anri naqd 4 bor musobaqaning eng yaxshi to‘purari maqomini qo‘lga kiritgan.
E’tiborlisi shundaki, aynan uning fantastik o‘yini evaziga “Arsenal” mavsumni mag‘lubiyatsiz yakunlab oltin medallarni qo‘lga kiritgan.
Bu tryuk bir qarashda oson bo‘lishi mumkin, biroq uni Gvardiola va Klopplar uddalay olgani yo‘q.
668   
Добавить комментарий
Ваше имя: *