Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » “Barselona” prezidenti: Dunyoning eng yaxshi ligasiga munosib VAR tizimi kerak

“Barselona” prezidenti: Dunyoning eng yaxshi ligasiga munosib VAR tizimi kerak

Автор: admin

“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu VAR tizimidan norozi bo‘ldi.
“So‘nggi 12 mavsum ichida 9-marta La Ligada g‘olib chiqa olmagan bo‘lsakda, bizda 11 mavsumda 8 ta chempionlik bor, bu esa rekord hisoblanadi. Endi kelajakka nazar solish kerak.
“Real” bizni mag‘lub etdi, biroq VAR tizimi mavsumning hal qiluvchi pallasida barcha uchun teng ishlamagani rost. Dunyoning eng yaxshi ligasi o‘ziga munosib VAR tizimiga loyiq”, — deydi Bartomeu.
La Liga 2019/20-yilgi mavsumida “Real” chempionlikni qo‘lga kiritdi. Koronavirus tufayli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin Zinedin Zidan jamoasi mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib, katalonlarni ortda qoldirdi va mavsum tugashiga bir tur qolganda chempionlikka erishdi.
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *