Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Artur «Barselona» safida Chempionlar Ligasida o‘ynashdan bosh tortmoqda

Artur «Barselona» safida Chempionlar Ligasida o‘ynashdan bosh tortmoqda

Автор: admin

«Barselona»ning braziliyalik yarimhimoyachisi Artur klub ruxsatisiz vataniga uchib ketgan va Kataloniyaga qaytmoqchi emas, deb yozadi Mundo Deportivo.
Manbaga ko‘ra, yarimhimoyachi «Barselona» tarkibida Chempionlar Ligasida o‘ynashdan bosh tortmoqda. Chunki u allaqachon Turinning «Yuventus» klubi bilan shartnoma imzolagan. Kataloniyaliklar futbolchini intizomiy jazoga tortishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 23 yoshli Arturni «Yuventus»ga 72 mln yevroga sotdi. O‘z navbatida Italiya chempionidan 60 mln yevroga Miralem Pnichni sotib oldi. Lekin futbolchilar yangi jamoalari safiga mavsum tugagach, ya’ni Chempionlar Ligasi yakuniga yetgach qo‘shilishlari kerak.
«Barselona» Chempionlar Ligasining 1/8 finali birinchi o‘yinida safarda «Napoli» (1:1) bilan durang qayd etgan. Javob bahsi 8 avgust kuni «Kamp Nou»da bo‘lib o‘tadi.
126   
Добавить комментарий
Ваше имя: *