Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Fransiya » Kilian Mbappening jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi

Kilian Mbappening jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi

Автор: admin

PSJ hujumchisi Kilian Mbappening Fransiya Kubogida olgan jarohati tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
Parijliklar rasmiy saytida aytilishicha, boldir suyagi bilan tovon suyagini biriktiruvchi bo‘g‘inda chiqish kuzatilgan. Tiklanishga uch hafta ketishi taxmin qilinmoqda.
Shu tariqa futbolchi 12-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Chempionlar Ligasi chorak finalidan o‘rin olgan “Atalanta”ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
Avvalroq Mbappening 10-15 kun maydonga tusha olmasligi xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, final uchrashuvining 27-daqiqasida “Sent-Etyenn” futbolchisi Loik Perren o‘ta qo‘pol qoida buzish bilan Mbappeni to‘xtatib qolgan. Natijada 21 yoshli futbolchi o‘yinni davom ettira olmay, maydonni tark etgandi.
158   
Добавить комментарий
Ваше имя: *