Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » 8 futbolchi «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadiga aylandi

8 futbolchi «Manchester Yunayted»ning transfer maqsadiga aylandi

Автор: admin

«Manchester Yunayted» rahbariyati mavsumlar oralig‘ida katta transfer kampaniyasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Goal xabariga ko‘ra, 8 futbolchi «qizil iblislar»ning transfer maqsadiga aylangan.
Ular himoyachilar Kalidu Kulibali («Napoli»), Tayron Mings («Aston Villa»), Natan Ake («Bornmut»), yarimhimoyachilar Donni van de Bek («Ayaks»), Jek Grilish («Aston Villa»), Jeydon Sancho («Borussiya D»), hujumchilar Mussa Dembele («Lion») va Harri Keyn («Tottenhem»).
Shuningdek, «Manchester Yunayted»ni yozda Jessi Lingard, Andreas Pereyra, Fil Jons, Kris Smolling, Markos Roxo va Aleksis Sanches tark etishi mumkin.
Yaqinda «Borussiya D» klubi «Manchester Yunayted»ga Sanchoni 98 mln yevroga sotmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
163   
Добавить комментарий
Ваше имя: *