Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston fuqaroligini olgan Igor Golban milliy jamoaga taklif etildi

O‘zbekiston fuqaroligini olgan Igor Golban milliy jamoaga taklif etildi

Автор: admin

Vadim Abramov murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2022 va OCH – 2023 saralash bosqichi bahslariga tayyorgarlik doirasida 30 iyul – 10 avgust kunlari Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi, deya xabar bermoqda «Navbahor» klubi rasmiy sayti.
«Mazkur yig‘inga «Navbahor»dan uch nafar futbolchi – darvozabon O‘tkir Yusupov, himoyachi Igor Golban va yarimhimoyachi Azizbek Turg‘unboyev chaqirilishdi. Milliy jamoa yig‘inida qatnashadigan barcha futbolchilarga mashg‘ulotlarda kuch-quvvat tilab qolamiz», - deyiladi klub xabarida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Igor Golban O‘zbekiston fuqaroligini olsa, milliy jamoaga chaqirilishi haqida aytib o‘tgan edi. Aprel oyida esa «Navbahor»ning 29 yoshli rossiyalik himoyachisi O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgandi.
162   
Добавить комментарий
Ваше имя: *