Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » «Ufa» rahbariyati O‘runovning transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

«Ufa» rahbariyati O‘runovning transferi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Автор: admin

«Ufa» ijrochi direktori vazifasini bajaruvchi Rinat Shaybekov Oston O‘runovga bo‘layotgan takliflar haqidagi gaplarga munosabat bildirdi.
«Oston O‘runov masalasida «Spartak»dan bizga hech qanday rasmiy taklif bo‘lgani yo‘q. Jamoamiz yangi futbolchilar borasida ham ish olib bormoqda, ammo hali rasmiy ishlar yakunlanmagunga qadar futbolchilarning ism-sharifi sir tutilgani ma’qul.
Hozircha ayta oladiganim, biz «Krasnodar»dan Artyom Golubevni sotib oldik, Boyan Yokich, Aleksey Nikitin va Aleksand Suxovlar bilan esa kelishuvni uzaytirdik», — deydi Shaybekov «Chempionat.com» nashriga.
Ma’lumot uchun, avvalroq «Spartak» o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Oston O‘runov uchun 2 million yevro taklif qilgani, ammo 19 yoshli futbolchi koronavirusdan davolanayotgani sababli transfer keyinroqqa surilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
133   
Добавить комментарий
Ваше имя: *