Goal24.uz » Jahon » Fabregas yangi mavsumni Qatarda boshlashi mumkin

Fabregas yangi mavsumni Qatarda boshlashi mumkin

Автор: admin

«Monako» yarimhimoyachisi Sesk Fabregas mavsumlar oralig‘ida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. 33 yoshli ispaniyalik futbolchiga Qatarning «Al-G‘arafa» klubi qiziqmoqda, deya yozadi France Football nashri.
Nashrning xabar berishicha, «Monako» klubi ham Fabregas bilan xayrlashishga qarshi emas. Jamoa futbolchining o‘yinidan qoniqmayapti. Qolaversa, ispaniyalikning yuqori maosh olishi ham klubning Fabregasni qo‘yib yuborishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Sesk 2019 yilda 9 million yevro evaziga «Chelsi»dan «Monako»ga transfer qilingan edi. Hozirga kelib «Monako» o‘z yarimhimoyachisini 6,5 million yevroga sotishga tayyor. 
Joriy mavsumda Fabregas «knyazlik klubi» safida 22 o‘yinda maydonga tushib, 3ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 
Ma’lumot uchun, «Al-G‘arafa» klubi joriy mavsumda Qatar yulduzlar ligasida 22 o‘yindan keyin 26 ochko jamg‘arib, 8-o‘rinda bormoqda.
177   
Добавить комментарий
Ваше имя: *