Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » «Real» hujumchisi Mariano Dias koronavirus yuqtirib oldi

«Real» hujumchisi Mariano Dias koronavirus yuqtirib oldi

Автор: admin

Madridning «Real» klubi forvardi Mariano Dias koronavirus yuqtirib oldi, deya xabar bermoqda klub rasmiy sayti.
Manbada aytilishicha, 26 yoshli dominikanalik futbolchining 27 iyul kuni topshirgan test natijasi musbat chiqqan. Klub futbolchini o‘zini yakkalash tartibiga olgan va u shifokorlarning doimiy nazoratida bo‘ladi. 
Ma’lumot uchun, o‘tgan haftada Ispaniyada COVID-19 infeksiyasidan kasallanishlarning yangi to‘lqini qayd etilgandi. Shu bois Madridda qat’iy karantin choralari kuchaytirilgan.
Eslatib o‘tamiz, «Real» YeCHL 1/8 final bosqichi doirasida 7 avgust kuni Angliyada «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi.
184   

Комментарии
(1)

  1. ihlas 28 июля 2020 20:48
    • Не нравится
    • 0
    • Нравится
    Su yetmay turuwsi
Добавить комментарий
Ваше имя: *