Goal24.uz » O'zbekiston » Odil Ahmedov: «O‘runovning «Spartak» safiga o‘tishi o‘zbek futbolining nufuzini ko‘taradi»

Odil Ahmedov: «O‘runovning «Spartak» safiga o‘tishi o‘zbek futbolining nufuzini ko‘taradi»

Автор: admin

O‘zbekiston terma jamoasi va Xitoyning «Shanxay SIPG» klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov «Ufa» futbolchisi Oston O‘runovning «Spartak»ka o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

«Oston O‘runov «Spartak»ka o‘tishi mumkinligi haqida eshitdim. O‘runov jangovar sifatlarga ega, u haqiqiy professional. Shuning uchun «Spartak» safiga o‘tsa, u jamoada o‘z o‘rnini topishiga ishonaman.

Ostonni yaxshi bilaman. Bir vaqtlar Vadim Yevseevga SMS yozib, O‘runov «Ufa»da pand bermasligini aytgan edim. Shunday bo‘lib chiqdi. Oston «Spartak»dagi faoliyat orqali o‘zbek futboli nufuzini ko‘taradi, deb ayta olaman. Endi O‘zbekistonda ko‘pchilik «Spartak» klubiga muxlislik qila boshlaydi.

Endi Tedeskoga SMS yuboramanmi? Men uni tanimayman, menda uning raqami yo‘q. Agar bo‘lganida, unga ham yozgan bo‘lardim (kuladi)», — dedi Ahmedov Sport24 muxbiri Ararat Mambreyan bilan suhbatda.
Manba: sport24.ru
159   
Добавить комментарий
Ваше имя: *