Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Xavi: «Yashirmayman, «Barselona»ni boshqarish - asosiy maqsadim»

Xavi: «Yashirmayman, «Barselona»ni boshqarish - asosiy maqsadim»

Автор: admin

Qatarning «As-Sadd» klubi bosh murabbiyi Xavi «Barselona»da ish boshlashi imkoniyatlari haqida gapirdi.
«Barselona»ni boshqarish asosiy maqsadim ekanligini yashirmayman. Ammo hali bunga erta. Bu klub mening uyim, bu men uchun orzuimning ushalishi bo‘lardi. Biroq hozirda bor e’tiborim «As-Sadd»ga qaratilgan. Barchamiz eng avvalo Setenni hurmat qilishimiz kerak. Klubga bo‘lajak o‘yinlarda omad tilab qolaman. 
Seten o‘yin jihatdan o‘z maqsadiga yetishdimi? Gohida yetishdi, aksariyat o‘yinlarda esa unchalik o‘xshamadi. Shunga qaramay, Setenning o‘yin g‘oyasi menga yoqadi», - deya Xavining so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.
Ma’lumot uchun, «Barselona» Seten qo‘l ostida La Ligani «Real»dan keyingi 2-o‘rinda yakunladi.
133   
Добавить комментарий
Ваше имя: *