Goal24.uz » O'zbekiston » Abramov milliy jamoa murabbiylar shtabiga Server Jeparovni kiritdi

Abramov milliy jamoa murabbiylar shtabiga Server Jeparovni kiritdi

Автор: admin

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov o‘zining murabbiylar shtabiga Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparovni ham kiritdi.
O‘FA rasmiy saytida milliy jamoaning 3-10 avgustda boshlanadigan yig‘ini uchun tarkibi e’lon qilindi. Unda murabbiylar shtabining tarkibi ham keltirilgan. Bosh murabbiy Vadim Abramov o‘zining shtabiga Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparovni ham jalb qilgan. Yana bir sobiq futbolchi Temur Kopadze oldinroq shtabga kiritilgandi.
Denis Ivankov darvozabonlar murabbiyi sifatida ishlaydi. Milliy jamoaning uzoq yillik shifokori Abror Pirriyev doimgidek jamoa shifokori sifatida ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2022 saralashining qoldirilgan o‘yinlarini oktyabr oyidan boshlab o‘tkazadi. Ungacha 4 sentyabr kuni Tojikiston bilan, 7 sentyabr kuni Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
149   
Добавить комментарий
Ваше имя: *