Goal24.uz » Yevropa jamoalari » So‘nggi 10 yillikda “Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi” maqomiga eng ko‘p erishgan futbolchilar reytingi tuzildi

So‘nggi 10 yillikda “Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi” maqomiga eng ko‘p erishgan futbolchilar reytingi tuzildi

Автор: admin

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘lib turibdi.
Messi so‘nggi o‘n yil ichida Yevropa top-5 ligalarida eng ko‘p “Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi” nomiga loyiq ko‘rilgan. Argentinalik futbolchi 2010-yildan shu vaqtga qadar 228 marta o‘yin yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchi sifatida e’tirof etilgan.
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu mazkur reytingda 127 ball bilan ikkinchi bo‘lib turgan bo‘lsa, “Real” vakili Eden Azar (94) kuchli uchlikdan o‘rin oldi.
So‘nggi o‘n yil ichida “Uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi” nomiga sazovor bo‘lgan futbolchilar o‘nligi:
  1. Lionel Messi — 228;
  2. Krishtianu Ronaldu — 127;
  3. Eden Azar — 94;
  4. Zlatan Ibragimovich — 89;
  5. Neymar — 66;
  6. Luis Suares — 65;
  7. Garet Beyl — 62;
  8. Antuan Grizmann — 58;
  9. Arturo Vidal — 53;
  10. Marko Roys — 50.
159   
Добавить комментарий
Ваше имя: *