Goal24.uz » O'zbekiston » O‘zbekiston milliy jamoasining Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 3 sentyabrga ko‘chirildi

O‘zbekiston milliy jamoasining Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini 3 sentyabrga ko‘chirildi

Автор: admin

O‘zbekiston milliy jamoasi sentyabr oyida Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib boradi,  deya yozmoqda O‘FA matbuot xizmati. 
«Mazkur yig‘in doirasida Tojikistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi 4 sentyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi.  Biroq Tojikiston futbol federatsiyasi iltimosiga binoan,  ushbu uchrashuv 3 sentyabr sanasiga ko‘chirildi»,  - deyiladi xabarda. 
Ma’lumot uchun,  Vadim Abramov murabbiyligi ostidagi milliy jamoamizning Eronga qarshi o‘rtoqlik o‘yini belgilanganidek 7 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadionida o‘tkaziladi. 
Avvalroq,  milliy jamoamizning 3-10 avgust kunlari Toshkentda yig‘in o‘tkazishi haqida xabar berilgan edi. 
159   
Добавить комментарий
Ваше имя: *