Goal24.uz » Raboning onasi: «Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti – yolg‘onchi»

Raboning onasi: «Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti – yolg‘onchi»

Автор: admin

Fransiya milliy jamoasi va «Yuventus» yarimhimoyachisi Adriyen Raboning onasi va agenti Veronika Rabo Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Greni yolg‘onchilikda aybladi.

«Mening o‘g‘lim hech qachon Fransiya milliy jamoasida o‘ynashdan voz kechmagan. Le Gre Raboni uchrashuvga taklif qilganligi – yolg‘on. Le Gre bilan hech qanday aloqam yo‘q. U hech qachon o‘g‘limga uchrashishni taklif qilmagan. Qaysi futbolchi Fransiya milliy jamoasida o‘ynashni xohlamaydi?», – deb Veronika Raboning so‘zlarini keltiradi L'Equipe d'Estelle.

Avvalroq Rabo toki Fransiya milliy jamoasini Dide Desham boshqarar ekan, u jamoada o‘ynashni xohlamasligi haqida aytilgandi. Yarimhimoyachi bosh murabbiy uni 2018 yilgi Rossiyada o‘tgan jahon chempionatiga olib ketmaganidan norozi bo‘lgandi.
127   
Добавить комментарий
Ваше имя: *