Goal24.uz » Transfer » Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Автор: admin

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.
Vertongen nishonda

Angliyaning “Tottenhem” jamoasi sobiq futbolchisi Yan Vertongen “A Seriya”ga o‘tishga yaqin turibdi.

TMW nashrining ma’lum qilishicha, belgiyalik futbolchining hizmatlariga bir yo‘l 4 ta klub jiddiy qiziqib qolgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Fiorentina”, “Roma”, “Inter” va “Napoli” klublari allaqachon rasmiy taklif bilan chiqishgan.
PSJ taklif yuboradi

Angliyaning “Tottenhem” jamoasi tayanch yarim himoyachisi Tangi Ndombele Parijga ko‘chib o‘tishi mumkin.
ESPN nashrining  ma’lum qilishicha, “shporlar” bir mavsum ilgari 65 million yevroga sotib olgan futbolchisini 60 million yevroga sotib yuborishga tayyor.
Manbaning ma’lum qilishicha, Ndombele borasida allaqachon transfer muzokaralari boshlab yuborilgan.
Meddison qoladi

Angliyaning “Lester” jamoasi yarim himoyachisi Jeyms Meddison tez orada jamoa bilan o‘rtadagi shartnomani uzaytiradi.

"Goal" nashrining ma’lum qilishicha, uning “Manchester Yunayted”ga o‘tishi borasidagi barcha mish-mishlar yaqin kunlarda bekor bo‘ladi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Lester” yarim himoyachining maoshini keskin ko‘tarish orqali uni jamoada olib qolmoqda.

Miranchuk “Milan”da?!

Italiyaning “Milan” klubi “Lokomitiv” yarim himoyachisi Aliksey Miranchuk bilan shartnoma imzlash arafasida turibdi.
Djanluki Di Marsio bergan ma’lumotlarga qaraganda, “rossonerilar” Miranchukning transferiga Rikardo Rodrigesni qo‘shib berish orqali transfer summasini kamaytirmoqchi.
Manbaning ma’lum qilishicha, “Milan” “Lokomotiv”ga shuningdek Laksaltni ham tavsiya etmoqda. “Rossonerilar” qanday qilib bo‘lsada, Miranchukni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
“Barsa” uni transferga qo‘ydi

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Ivan Rakitichni rasman transferga qo‘ydi.
“Mundo Deportivo"ning ma’lum qilishich, xorvatiyalik futbolchi YECHL bahslari o‘z yakunigayetgach, yangi jamoasi safiga borib qo‘shiladi.
Manbaning ma’lum qilishicha, Kataloniya klubi Rakitichni tezroq sotib yuborish maqsadida uni 10 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
229   
Добавить комментарий
Ваше имя: *