Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » Haverts «Chelsi»ga transferi kelasi haftagacha amalga oshishini istamoqda

Haverts «Chelsi»ga transferi kelasi haftagacha amalga oshishini istamoqda

Автор: admin

«Chelsi» «Bayer» xavbeki Kay Haverts transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
Sky Sports'ning yozishicha, 21 yoshli nemis Leverkuzen klubining 6 avgustgacha, ya’ni Yevropa Ligasi doirasida «Reynjers»ga qarshi bahsgacha  «Chelsi» bilan kelishuvga erishini istamoqda.
Hozirda klublar transfer qiymatini muhokama qilishmoqda. «Bayer» o‘yinchini 90 mln funtga baholamoqda. Ammo tomonlar 70 mln funt va qo‘shimcha bonuslarga kelishishlari taxmin qilinmoqda.
Avvalroq Haverts London klubi bilan 5 yillik shartnoma va yiliga 8 mln yevro maosh olishi borasida kelishib olgani xabar qilingandi.
106   
Добавить комментарий
Ваше имя: *