Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » «Zenit» uch nafar futbolchisi bilan xayrlashganligini e’lon qildi

«Zenit» uch nafar futbolchisi bilan xayrlashganligini e’lon qildi

Автор: admin

Joriy mavsum yakuniga ko‘ra, Rossiya chempioniga aylangan «Zenit» klubi uch nafar futbolchisi bilan xayrlashganligini rasman e’lon qildi.
«Klub Branislav Ivanovich, Oleg Shatov va Igor Smolnikovga yillar davomidagi faoliyatida ko‘rsatgan professionalligi va jamoa muvaffaqiyatlariga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirib, ularning keyingi faoliyatlariga omad va zafarlar tilab qoladi», - deyiladi klub rasmiy xabarida.
Avvalroq, Ivanovich Angliyaning «Everton» klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Oleg Shatov esa «Rubin» jamoasi safiga qo‘shilayotgan bo‘lsa, Smolnikovga «Krasnodar» klubi qiziqish bildirgan.
109   
Добавить комментарий
Ваше имя: *