Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Ispaniya » Lautaro Martines "Barselona"ga o‘tishga tayyor, faqat...

Lautaro Martines "Barselona"ga o‘tishga tayyor, faqat...

Автор: admin

El Mundo Deportivo nashrining tarqatgan ma’lumotiga qaraganda, "Inter"ning argentinalik hujumchisi Lautaro Martines "Barselona" klubiga ko‘chib o‘tishni keyingi yilgacha kutishga rozi.
22 yoshli hujumchi shu yilning yozida "Kamp Nou"ga ko‘chib o‘tishga qarshi emasdi, biroq, milanliklar o‘z futbolchisining transfer narxini tushirishni xohlamadi, bu esa koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan inqiroz tufayli kataloniyaliklarga ma’qul kelmadi.
"Inter" Martines bilan 2023 yilgacha bo‘lgan shartnomani yana uzaytirib, keyingi yili yanada qimmatroqqa sotishni mo‘ljallayotgandi.
118   
Добавить комментарий
Ваше имя: *