Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Messining otasi “Inter” klubi ofisi yonidan uy sotib olgani ma’lum bo‘ldi

Messining otasi “Inter” klubi ofisi yonidan uy sotib olgani ma’lum bo‘ldi

Автор: admin

Milanning “Inter” klubi sobiq prezidenti Massimo Moratti “Barselona” hujumchisi Lionel Messining Milan klubiga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Ba’zan orzular ro‘yobga chiqadi, ayniqsa futbolda. Uning otasi “Inter” bosh qarorgohi yonidan uy sotib oldi. Umid qilamanki, bu nimanidir anglatadi. Balki Messi “Inter” bilan shartnoma imzolashga piyoda borar”, — deydi Moratti.
Avvalroq “Inter” Messini 2021-yilda sotib olmoqchi ekani xabar berilgandi. Biroq milanliklar bosh murabbiyi Antoni Konte bu xabarni rad etdi.
Ma’lumot uchun, Messining “Barselona” bilan amaldagi kelishuvi 2021-yil 30-iyunda yakuniga yetadi. Transfermarkt portali Leoning bahosini ayni damda 112 million yevro deb belgilagan. Argentinalik hujumchi 2019/20-yilgi mavsumda klub miqyosidagi barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda ishtirok etib, 30 ta gol urdi va 26 ta golga hammualliflik qildi.
130   
Добавить комментарий
Ваше имя: *