Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » APL klublari yozda kimlarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi?

APL klublari yozda kimlarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi?

Автор: admin

Goal24.uz kelasi mavsumda “tumanli albion” klublarida ko‘rinish berishi mumkin bo‘lgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.
Kay Havers – “Chelsi”
London klubi transfer oynasida juda faol bo‘lmoqda. O‘tgan mavsumda Eden Azarning jamoadan ketishi va transfer ta’qiqi klubni biroz qiynab qo‘ygan edi. Balki shu vaj yuzasidan “arristokratlar” barchadan faolroq bo‘lishga intilayotgandir. “Ko‘klar” allaqachon Ziyesh va Vernerlarning transferini hal etib bo‘lishdi. Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, “Chelsi” allaqachon Kay transferi borasida ijobiy natijga erishgan va uni qo‘lga kiritish uchun 73 million funtdan voz kechadi.
Jonatan Devid – “Lids”
“Lids”ning APLga qaytishini muxlislar anchadan beri kutishayotgan edi. Shu sababli birinchi mavsumdayoq pastga qulashga imkon qoldirmaslik lozim. “Lids” bu vazifani uddalashi uchun transfer bozorida raqobatbardosh bo‘lishi talab etiladi. So‘nggi paytlarda “Gent” klubi futbolchisi Jonatan Devidning APLda ishqibozlari ko‘payib borayotgani hech kimga sir emas. “Lids” uni qo‘lga kiritish uchun birinchi urunishni amalga oshirdi, biroq omadsiz. Ikki mavsum davomida 40 ta gol kiritgan Devis “Lids” uchun juda muhim figura. Sababi, jamoaning asosiy hujumchisi Patrik Bemford 143 ta zarbada atigi 16 ta gol kiritgan (Chempioshipda) holos. APL himoyachilarini bunday kalibrdagi hujumchi bilan qo‘rqitish oson emas.
Tomas Parti – “Arsenal”
Kelasi mavsumda o‘z oldiga katta maqsadlar qo‘yayotgan “Arsenal” ham tarkibni kuchaytirishi lozim. Boz ustiga, Arteta tarkibda restartni amalga oshirmay turib o‘z g‘oyalarini amalda tadbiq eta olmaydi. Agar ingliz nashrlariga ishonadigan bo‘lsak, Tomas “Arsenal”ning asosiy nishoni bo‘lib turibdi. Afsuski, bu transferning o‘ziga hos muammolari ham mavjud. “Matraschilar” tayanch yarim himoyachisini 44 million funtdan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. “Arsenal”da esa katta summa yo‘q. Shunga qaramay, “kanonirlar” Parti uchun Genduzi yoki Torreyrani taklif qilmoqda. Partining o‘zi esa, APLda o‘ynash ishtiyoqida yonmoqda.
Kalum Uilson – “Tottenhem”
Elitani tark etgan “Bormunt” jamoasi APL klublari tomonidan “talan-taroj” qilinishi turgan gap. Ular qatorida birinchi o‘rinda markaziy hujumchi Uilson turibdi. O‘tgan mavsumda (14 ta gol + 9 ta assist) 50 millionga baholangan futbolchi uchun “Bormunt” atigi 10 million so‘ramoqda. Hujumchining o‘zi esa, APLda qolish uchun istalgan klub bilan muzokara olib borish niyatida.
Andrea Onana – “Chelsi”
Frenk Lempard allaqachon yangi darvozabon izlashni boshlab yuborganidan xabaringiz bor. Yan Oblak optimal variant, biroq uni qo‘lga kiritish juda mushkul. “Atletiko” kamida 100 million yevro talab qiladi. Onana esa, biroz ko‘rimsizroq lekin muammoning ajoyib yechimi. Frenk uchun kim bo‘lishining farqi yo‘q, asosiysi birinchi raqamli darvozabon Kepa Arrisabalaga bo‘lmasa bo‘lgani. Onana borasida “Bayer” allaqachon 18 millionlik taklifni yubordi. “Ayaks” o‘z kipperini bundan qimmatroqqa pulash niyatida.
Natan Ake – “Manchester Siti”
Biroz himoyachilarga yolchimaydigan “Siti” yana katta transferga qo‘l urishi tobora aniqlashib bormoqda. Aynan himoyadagi kamchiliklar tufayli “shaharliklar” bu mavsumda “Liverpul”ga qarshilik ko‘rsata olmadi. Kompani mavsum boshidan ketgan bo‘lsa, Laport uzoq muddatga safdan chiqdi. Oqibatda, Pep shogirdlari musobaqa startida juda ko‘p ochkolarni boy berishdi. “Bormunt”ning pastga qulab ketishi Akeni ortiqcha qiyinchiliksiz o‘z tomonigan og‘dirishga imkon beradi. Ayni damdagi moliyvayi ahvoldan kelib chiqqan holda undan optimal variantni topish mushkul.
Jek Grilish – “Manchester Yunayted”
24 yoshli sardor butun mavsum davomida “Astov Villa”ni yelkasida ko‘tarib yurdi va bir amalab elitada olib qoldi. Butun mavsum davomida Birmingem klubini “sudrab” yurgan Grilish bilan bejizga top jamoalar qiziqib qolmagan. “Manchester Yunayted” YECHL yo‘llanmasini hal etgach, tarkibni keskin kuchaytirishi lozim. Bu maqsad yo‘lida “qizil iblislar” 50 milliondan voz kechishga ham tayyor.
181   
Добавить комментарий
Ваше имя: *