Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » A Seriya. «Latsio» va «Milan»da g‘alaba, Ibrahimovichda dubl

A Seriya. «Latsio» va «Milan»da g‘alaba, Ibrahimovichda dubl

Автор: admin

Italiya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan bir qancha o‘yinlar yakunlandi. 
«Latsio» o‘z uyida «Breshia»ni qabul qilib, Korrea va Immobilening gollari hisobiga 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Natijada rimliklar ochkolarini 78taga yetkazib, 3-o‘rindagi «Atalanta»ga yetib olishdi.
«Milan» safarda «Sampdoriya»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. «Rossoneri» safida Ibrahimovich dublga erishdi.
Shuningdek, tur doirasida «Sassuolo», «Lechche» va «Verona» ham g‘alaba qozonishdi.
A Seriya, 37-tur, 29 iyul
Sampdoriya – Milan 1:4
Gollar: Askildsen (87) – Ibrahimovich (4, 58), Cholxono‘g‘li (52), Leau (90+2).
Amalga oshirilmagan penalti: Maroni (78).
Sampdoriya: Falkone, Yosida, Bereshinski, Kolli, Depaoli (Leris, 46), Linetti (Askildsen, 74), Ronaldu Viyeyra (Bertolachchi, 75), Ramires (Maroni, 46), Yankto, Aujello, Kualyarella (Gabbiadini, 74). 
Milan: Donnarumma, Teo, Kalabriya (Kastilexo, 62), Ker, Gabbiya, Kessie (Bilya, 79), Salemakers, Binnosir, Cholxono‘g‘li (Bonaventura, 62), Ibrahimovich (Paketa, 79), Rebich (Rafael Leau, 46).
Ogohlantirishlar: Bereshinski (36), Rebich (45).
Latsio – Breshia 2:0
Gollar: Korrea (17), Immobile (83).
Latsio: Strakosha, Acherbi (Bashtush, 88), Gabarron, Luis Felipe (Vavro, 84), Latssari (Marushich, 56), Luis Alberto, Parolo, Korrea (Adekane, 84), Milinkovich-Savich, Xoni Rodriges (Lukaku, 56), Immobile. 
Breshiya: Andrenachchi, Gastaldello (Semprini, 77), Mateyu, Sabelli, Papetti, Shpalek, Tonali, Viviani, Zmrgal, Torregrossa, Aye (Ndoy, 88).
Ogohlantirishlar: Latssari (42), Papetti (51), Tonali (54).
Udineze – Lechche 1:2
Gollar: Samir (36) – Mankozu (40, penalti), Lapadula (81).
Sassuolo – Jenoa 5:0
Gollar: Traore (26), Berardi (40), Kaputo (66, 77), Raspadori (74).
Verona - SPAL 3:0
Gollar: Di Karmine (7, 11), Faraoni (47).
107   
Добавить комментарий
Ваше имя: *