Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Brayton» «Ayaks» klubi va Niderlandiya milliy jamoasi himoyachisini sotib oldi

«Brayton» «Ayaks» klubi va Niderlandiya milliy jamoasi himoyachisini sotib oldi

Автор: admin

«Ayaks» himoyachisi Yoel Veltman faoliyatini Angliyada davom ettiradi.
«Brayton» o‘z rasmiy saytida Veltmanni sotib olganini e’lon qildi. 28 yoshl himoyachining ingliz klubi bilan shartnomasi 3 yilga mo‘ljallangan.
«Brayton» bosh murabbiyi Grem Potter transfer haqida o‘z fikrini bildirdi: «Yoelning kelganidan xursandmiz. U «Ayaks»dagi faoliyatida, jumladan, Chempionlar Ligasida va Niderlandiya milliy jamoasida katta tajriba to‘pladi.

U – ajoyib himoyachi. O‘ng va markaziy himoyada o‘ynay oladi. To‘p bilan yaxshi muomala qiladi.
Veltman Premer-ligada o‘ynashni sabrsizlik bilan kutmoqda».
143   
Добавить комментарий
Ваше имя: *