Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Italiya » Sarri: «Muammo shuki, biz 12 kunda 5ta o‘yin o‘tkazgan yagona jamoamiz»

Sarri: «Muammo shuki, biz 12 kunda 5ta o‘yin o‘tkazgan yagona jamoamiz»

Автор: admin

«Yuventus» bosh murabbiy Mauritsio Sarri A Seriyaning 37-turidan o‘rin olgan «Kalyari»ga (0:2) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Muammo shundaki, biz Yevropada 12 kun ichida 5ta o‘yin o‘tkazgan yagona jamoamiz. Ertaga futbolchilarning holatiga nazar tashlaymiz va, ehtimol, shanba kungi «Roma» bilan bahsga U23 jamoasini maydonga tushiramiz. Shunda butun jamoa biroz dam oladi.
Motivatsiya va vazifa jihatidan bugungi o‘yin notekis o‘tdi va uni mavsumning boshqa bahslari bilan taqqoslab bo‘lmaydi. To‘p bilan yaxshi muomala qildik, ammo tez emas. To‘pni sekin uzatish raqibingiz muammolarini osonlashtiradi.
Bizda 9 nafar futbolchi jarohat olgan. Ularning «Lion» bilan bahsda maydonga tushishlari so‘roq ostida. Ko‘ramiz, kimlar tiklanar ekan», – deb Sarrining so‘zlarini keltiradi Football Italia.
Ma’lumot uchun, Turin klubi 7 avgust kuni YeCHL 1/8 finali javob bahsida «Lion»ni qabul qiladi. Dastlabki o‘yinda fransuzlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishgan.
102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *