Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Rossiya » Oston O‘runov “Ufa”ning iyul oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Oston O‘runov “Ufa”ning iyul oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Автор: admin

“Ufa”ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Oston O‘runov jamoasining iyul oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub klub rasmiy saytida xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 19 yoshli O‘runovga muxlislarning 30,2 foizi ovoz bergan.
“Iyul oyida o‘tkazilgan o‘yinlarda Oston har doimgidek maydonda faol bo‘ldi, muvaffaqiyatli aldab o‘tishlar va yakkakurashlar bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘ldi”, — deyiladi klub xabarida.
Ikkinchi o‘rinni yarim himoyachi Daniil Fomin egalladi (14,3%). Kuchli uchlikka esa darvozabon Aleksandr Belenov yakun yasab berdi (10,4%).
Qayd etish joiz, Oston iyun oyida ham jamoasining eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgandi.
Avvalroq “Spartak” Oston O‘runov transferi borasida “Ufa” bilan kelishib olgani va futbolchi koronavirusdan xalos bo‘lishi bilan shartnoma rasmiylashtirilishi xabar qilingandi. Transfer 2 million yevroga baholangan. 19 yoshli futbolchi moskvaliklar safida yiliga 600 ming yevro maosh oladi.
“Ufa” Oston O‘runovni 2020-yilning fevral oyida o‘z safiga qo‘shib olgan. O‘runov Rossiya Premyer Ligasida 10 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta sariq kartochka oldi.
134   
Добавить комментарий
Ваше имя: *