Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Mundial, “Oltin to‘p”, “Real”, Zidan, Ronaldu, Ramos va Neymar haqida. Karim Benzema muxlislar savollariga javob berdi

Mundial, “Oltin to‘p”, “Real”, Zidan, Ronaldu, Ramos va Neymar haqida. Karim Benzema muxlislar savollariga javob berdi

Автор: admin

“Real” hujumchisi Karim Benzema o‘zining YouTube kanalida muxlislarning bir qancha savollariga javob berdi.

 Siz bilan birga o‘ynagan eng yaxshi futbolchi kim?
— Bunga javob berish qiyin. Krishtianu, Kaka, Raul bilan birga o‘ynaganman, hozir esa Ramos. Aniq bittasini tanlay olmayman.
 Maydondagi pozitsiyangiz qanday.
— Hech qachon o‘zim uchun aniq bir pozitsiya belgilashga harakat qilmayman. Men futbolchiman va dunyoning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga harakat qilaman.
 “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritish haqida o‘ylaysizmi?
— Albatta, bolaligimdan beri. Biroq bu — meni har kuni aqldan ozdiradigan narsa emas.

— Nimadan ko‘proq afsuslanasiz va nimadan g‘ururlanasiz?
— Hech narsadan afsuslanmayman. “Real”dagi g‘alabalarim bilan esa faxrlanaman.
— Siz yoqtirgan o‘n bir nafar o‘yinchi?
— “Real” tarkibi.
— Siz uchun dunyoning keyingi uch nafar eng yaxshi o‘yinchilari kim?
— Bilmadim, chunki futbol juda tez rivojlanmoqda. Siz butun mavsum davomida yaxshi bo‘lishingiz va jamoangiz bilan unvonlarni yutishingiz kerak. Bitta o‘yinda uchta gol urish sizni dunyo yulduziga aylantirmaydi.

 Chempionlar Ligasining to‘rtta sovrinini Jahon Chempionatining  bitta kubogiga almashasizmi?
— Yo‘q, hech qachon.
— Siz duch kelgan eng yaxshi himoyachi?
— Ramos va Varan, men har bir mashg‘ulotda ularga qarshi o‘ynayman.
— Kim bilan o‘ynashni xohlagan bo‘lardingiz?
— Bu oson. Ronaldo va Zidan.
— Sizningcha, dunyoning eng yaxshi 5 nafar driblingchisi kim?
— Neymar. Ro‘yxat tugadi.
Ma’lumot uchun, Karim Benzema 2009-yildan beri “Real” sharafini himoya qilib keladi. Bungacha u “Lion” safida to‘p surgan. 32 yoshli fransiyalik futbolchi “qirollik klubi” bilan shu vaqtgacha 19 sovrin, xususan 3 marta Ispaniya chempionligini va 4 marta Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan.
178   
Добавить комментарий
Ваше имя: *