Goal24.uz » Yevropa jamoalari » Angliya » «Man Siti» «Bornmut» himoyachisi transferini 43 million yevroga kelishdi

«Man Siti» «Bornmut» himoyachisi transferini 43 million yevroga kelishdi

Автор: admin

Mavsum yakunlariga ko‘ra Angliya Premer-ligasini tark etgan «Bornmut» klubi o‘z yetakchisi Natan Akeni «Manchester Siti»ga transfer qilishga rozi bo‘ldi.
The Guardian’ning yozishicha, «Siti» Ake transferi masalasida «Bornmut» bilan 43 million yevroga kelishuvga erishgan. Shartnoma tez orada imzolanishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, manchesterliklar bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Napoli» himoyachisi Kalidu Kulibalining transferi amalga oshmagach, «Bornmut»ning 25 yoshli himoyachisiga e’tibor qaratgan. 
Ma’lumot uchun, «Chelsi» tarbiyalanuvchisi sanalmish Ake joriy mavsumda «Bornmut» safida APL doirasida 29 o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assistga mualliflik qilgan.
102   
Добавить комментарий
Ваше имя: *